date

Ronalduning yozda Al-Nasrdan ketishi mumkin

Ronalduning yozda Al-Nasrdan ketishi mumkin

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdan ketish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda. The Touchline nashri Saudiya OAVlariga tayangan holda xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi «Al-Nasr»ning ayrim transferlarini to‘xtatib, jamoaning chempionlik uchun kurashish imkonini kamaytirganiga ishonadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi «Al-Hilol» foydasiga bo‘layotgan xolis bo‘lmagan munosabatdan ham norozi. Manbaga ko‘ra, agar uning e’tirozlariga quloq solinmasa, Ronaldu mavsum yakunlangach, yozda Saudiya chempionatini tark etishi mumkin.

Shuningdek, Ronaldu ayni shu sabablar ortidan jamoaning so‘nggi ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgan. Hozircha u maydonga qaytishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning yozda Al-Nasrdan ketishi mumkin