Lionel Messi jarohat oldi: Inter Miami yulduzining holati maʻlum qilindi

1 daqiqa o'qish1.1K
Lionel Messi jarohat oldi: Inter Miami yulduzining holati maʻlum qilindi

Inter Miami klubi hujumchisi Lionel Messi Filadelfiya Yunionga qarshi oʻyinda olgan jarohati sababli safdan chiqdi. 38 yoshli futbolchi jismoniy noqulaylik tufayli maydonni tark etishga majbur boʻlgan edi. Dushanba kuni oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar natijasida uning chap oyogʻi tizzasosti paylarida mushak toliqishi va zoʻriqish aniqlangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub rasmiy bayonotiga koʻra, Messining maydonga qaytishi uning tiklanish jarayoni va klinik holatiga bogʻliq boʻladi. Hozircha aniq muddatlar koʻrsatilmagan boʻlsa-da, insayder Fabrizio Romano argentinalik yulduz iyun oyida start oladigan Jahon chempionatiga qadar toʻliq tayyor boʻlishini xabar qilmoqda.

Lionel Messi joriy mavsumda Inter Miami tarkibida 15 ta oʻyindan 14 tasida ishtirok etib, 12 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Oxirgi ikki mavsumda MVP unvonini qoʻlga kiritgan hujumchi jamoasining eng muhim figurasi boʻlib qolmoqda.

Argentina terma jamoasi 16-iyun kuni Kanzas-Siti shahrida Jazoirga qarshi oʻyin bilan oʻz unvonini himoya qilishni boshlaydi. Ungacha esa jamoa ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Inter Miami esa navbatdagi liga oʻyinini 22-iyul kuni oʻtkazadi.

Hozirda Inter Miami jamoasi 15 ta oʻyindan soʻng 31 ochko jamgʻargan holda Sharqiy konferensiya turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Muxlislar sardorning tezroq safga qaytishini intizorlik bilan kutishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?