Gleb Arsenal Chempionlar ligasida gʻalaba qozonsa xursand bo'ladi

Belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb, faoliyatida "Arsenal" safida ham toʻp surgan futbolchi, "kanonirlar"ning joriy Chempionlar ligasi mavsumidagi imkoniyatlarini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Glebning aytishicha, londonliklar turnirning umumiy bosqichini juda yuqori saviyada oʻtkazdi. Shunga qaramay, u hozircha musobaqada yagona yaqqol favoritni ajratish qiyinligini taʼkidladi.
"Barchasi 1/8 final ishtirokchilari toʻliq aniqlangach, yanada ravshan boʻladi. Ammo, albatta, sobiq jamoam Chempionlar ligasini yutsa yoki hech boʻlmasa finalgacha yetib borsa, xursand boʻlaman", — dedi Gleb "RB Sport"ga.
Shuningdek, u Chempionlar ligasi finalida ikkala jamoa ham hujumkor va tomoshabop futbol namoyish etishini istashini qoʻshimcha qildi.
"Arsenal" umumiy bosqichni birinchi oʻrinda yakunlab, sakkizta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozondi. "Kanonirlar" turnirning yangi formatida bunday natijaga erishgan ilk klub boʻldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!