Thomas Tuchel Angliya terma jamoasiga Ethan Nwaneriʻni chaqirdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Thomas Tuchel Shimoliy Amerikadagi tayyorgarlik yigʻini uchun yakuniy tarkibni shakllantirdi. Germaniyalik mutaxassis kutilmaganda Arsenal yulduzi Max Dowman oʻrniga uning jamoadoshi Ethan Nwaneriʻni tanladi. Nwaneri Mayamidagi yigʻinda ishtirok etadigan toʻrtinchi yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Florida shtatida oʻtadigan mashgʻulotlarda Nwaneri bilan birga Bornmut aʼzosi Alex Scott, Fulxem vakili Josh King va Liverpul tarbiyalanuvchisi Rio Ngumoha ham ishtirok etadi. Bu qaror Nwaneri uchun katta ishonch ramzi boʻldi, chunki u joriy mavsumni Marsel klubida ijara asosida oʻtkazib, u yerda yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻla olmagan edi.
Koʻpchilik muxlislar Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylangan 16 yoshli Max Dowmanʻning chaqirilishini kutishgan edi. Biroq Thomas Tuchel tajribaliroq hisoblangan va Angliya U-21 terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan Nwaneri nomzodida toʻxtaldi. Dowman esa hozircha Emirates stadionida oʻz kelajagini kutishiga toʻgʻri keladi.
Tuchel yosh futbolchilarni jalb qilish orqali mashgʻulotlar sifatini oshirish va asosiy tarkib yuklamasini muvozanatlashni maqsad qilgan. Murabbiy, ayniqsa, Alex Scottʻning munosabatini yuqori baholadi. Uning soʻzlariga koʻra, yosh oʻyinchilar uchun bu 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan asosiy jamoaga yaqinlashish uchun ajoyib imkoniyatdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!