date

Granero Arbeloa Real boshidagi ishini yuqori baholadi

Granero Arbeloa Real boshidagi ishini yuqori baholadi

Madridning “Real” klubida to‘p surgan Esteban Granero Alvaro Arbeloaning “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi sifatidagi ish faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Graneroning ta’kidlashicha, Arbeloa uzoq muddatli rejani tushunadi, biroq uning poydevori fidoyilik, mustahkamlik va tinimsiz mehnatdan iborat. U jamoada ijobiy energiya sezilayotganini aytib, murabbiy hali ko‘p narsani qurishi kerak bo‘lsa-da, eng muhim qadamlar allaqachon qo‘yilganini qo‘shimcha qildi. Bu haqda DAZN iqtibos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa yanvar oyida “Real” boshqaruvida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan. 43 yoshli mutaxassis qo‘l ostida “qirollik klubi” barcha musobaqalarni hisobga olganda 7 o‘yinning 5 tasida g‘alaba qozondi.

Hozir madridliklar La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Barselona”dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Granero Arbeloa Real boshidagi ishini yuqori baholadi