Granyero Arbeloaning Real'dagi ishiga yuqori baho berdi

Madridning “Real” klubi safida to‘p surgan Esteban Granyero Alvaro Arbeloaning “qirollik klubi”dagi bosh murabbiy sifatidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Granyeroning aytishicha, Arbeloa uzoq muddatli reja zarurligini yaxshi tushunadi, biroq bu rejaning poydevori sadoqat, mustahkamlik va tinimsiz mehnatga borib taqaladi. U jamoada ijobiy energiya borligini ta’kidlab, murabbiy hali ko‘p narsani barpo etishi kerakligini, shunga qaramay eng muhim ishlarni allaqachon bajarib bo‘lganini qayd etdi. Mutaxassisning so‘zlarini DAZN keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa yanvar oyida “Real” bosh murabbiyi lavozimida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan. 43 yoshli mutaxassis qo‘l ostida madridliklar barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda 7 o‘yindan 5 tasida g‘alaba qozondi.
Hozir “Real” La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va “Barselona”dan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!