date

Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda

Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda

Mart oyi oxirida Ispaniya va Argentina terma jamoalari Finalissima doirasida sovrin uchun maydonga tushadi. Yevropa chempioni va Amerika Kubogi g'olibi o'rtasidagi bahsga hali bir oydan ko'proq vaqt bor, biroq murabbiylar shtablari allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri DSports Radio ma'lumotlariga tayanib yozishicha, argentinaliklar Ispaniya qanot hujumchisi Lamin Yamalni qanday qilib jilovlash ustida bosh qotirmoqda. Rejaga ko'ra, unga qarshi shaxsiy nazoratni yaxshi eplaydigan himoyachi Nikolas Taglyafiko ishlaydi.

Bundan tashqari, bosh murabbiy Lionel Skaloni jismonan kuchli yarim himoya chizig'ini shakllantirishni ko'zlamoqda: unda Yamalga qarshi kurashga to'liq yo'naltiriladigan, kerak bo'lsa "qora ish"ni bajaradigan futbolchi ham bo'ladi. Argentina tomoni Yamal to'p bilan qolgan vaziyatlarda unga bir emas, ikki raqib bosim qiladigan ssenariyni yaratmoqchi.

Ispaniya va Argentina 27 mart kuni o'zaro uchrashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina Yamalni to'xtatish uchun maxsus reja tuzmoqda