Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)

Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 dekabr kuni Donbassdagi front chizig‘ida joylashgan Baxmut shahriga keldi.
Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)
Zelenskiyning oldingi chiziqqa safari haqida birinchi bo‘lib FreeDom kanali muxbirlari xabar berishdi. Keyin bu ma’lumotni prezidentning rasmiy vakili ham tasdiqladi.
Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)
Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov «Ukrainskaya pravda» nashriga bergan izohida Zelenskiy Baxmutdagi jangchilarni nishon va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlagani va ayni vaqtda shaharni tark etgani haqida ma’lum qilgan.

Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)
Ukraina mudofaa vazirligi esa idora rahbari o‘rinbosari Anna Malyarning ham Baxmutga tashrifi haqida xabar berib, uning ukrain askarlari bilan tushgan suratlarini namoyish etgan.
Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)
Baxmut shahri (2016 yilga qadar — Artemovsk deb atalgan) — Donbassdagi muhim transport tuguni hisoblanadi. U orqali Lisichansk va Severodonetskka, shuningdek, Seversk, Slovyansk, Kramatorsk, Konstantinovka, Horlivka va Luhanskka yo‘llar o‘tadi. Ayni vaqtda RF armiyasining Kramatorsk, Slovyansk, Seversk va Toretsk tomon yurishi yo‘lida joylashib, ukrainlarning mustahkamlangan istehkomi vazifasini o‘taydi.
Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)
Shahar 2022 yil may oyida, ukrain qo‘shini Popasnayadan chekinib, rossiyaliklar esa Slovyansk va Kramatorsk tomon yurish boshlaganida front chizig‘idagi shaharga aylangandi. May oyining ikkinchi yarmidan rossiyalik harbiylar Baxmutga kuchli raketa zarbalari berishga kirishgan, avgust oyi boshlarida rossiyaliklar shahar chekkasidagi hududlardan biriga kirishgan.
Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)
Yoz oxirlarida asosan vagnerchilardan tashkil topgan Rossiya harbiylari yana bir necha kilometrga ilgarilashga muvaffaq bo‘ldi. Bir necha oydan buyon shahar atrofida shiddatli janglar ketmoqda.
Zelenskiy Baxmutga keldi (foto, video)
Urushga qadar bu yerda yashagan 70 ming kishining aksar qismi qosib ketdi, ayni vaqtda bu yerda asosan qariyalar qolgan. Shaharda elektr va suv ta’minoti yo‘q, ko‘plab binolar vayronaga aylangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.