Livanda to‘rt nafar terrorchi cherkov oldida o‘zlarini portlatib yuborishdi

Livanda to‘rt nafar terrorchi cherkov oldida o‘zlarini portlatib yuborishdi
Livanda to‘rt nafar terrorchi cherkov oldida o‘zlarini portlatib yuborishdi

Natijada 15 kishi yaralangan

Livanning Suriya chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan Al-Kaa qishlog‘idagi cherkov oldida to‘rt nafar terrorchi o‘zini portlatib yuborgan. Bu paytda cherkovda bir kun oldin sodir bo‘lgan terakt tufayli halok bo‘lganlar haqqiga ibodat o‘tkazilayotgan bo‘lgan.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.

Halok bo‘lganlar yo‘q, biroq 15 nafar inson turli darajada jarohat olgan.

Bir kun avval sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida 5 kishi olamdan ko‘z yumgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.