Shavkat Mirziyoyev turk olimi Aziz Sanjarni Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev turk olimi Aziz Sanjarni Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirladi
Budapeshtdagi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida «Turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun» Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil mukofotga taniqli turk biokimyogari, Nobel mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori Aziz Sanjar sazovor bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev turk olimi Aziz Sanjarni Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Aziz Sanjarni samimiy tabriklab, nufuzli mukofotning ilm-fan arbobiga topshirilishi turkiy dunyo olimlari, jumladan, yoshlarni yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirishini alohida ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev turk olimi Aziz Sanjarni Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirladi
Turkiy davlatlar tashkilotining buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy nomidagi mukofoti O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan 2021 yilda ta’sis etilgan. U turkiy madaniyatni targ‘ib qilish, tinchlikni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va ishonchni mustahkamlash, shuningdek, turkiy xalqlar o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qo‘shilgan alohida hissa uchun har ikki yilda bir marta topshiriladi.

Mukofot ilk bor 2022 yilda qirg‘iz yozuvchisi va jamoat arbobi marhum Chingiz Aytmatovga berilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.