Eron AQSH bilan muzokaralarga rozi bo‘lgani aytilmoqda

Eron AQSH bilan muzokaralarga rozi bo‘lgani aytilmoqda

Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyatga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Mujtaba Xominaiy AQSH bilan muzokaralar o‘tkazishga rozilik bildirgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, Abbos Aroqchi bu haqda AQSH prezidentining elchisi Stiv Vitkoffga maxfiy tarzda ma’lum qilgan. Bu haqda Ynet nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Tahlilchilar fikricha, bunday qadam Eron va AQSH o‘rtasidagi keskin munosabatlarni yumshatishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, muzokaralar ehtimoli mintaqadagi geosiyosiy muvozanatga ham ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ayni paytda ushbu ma’lumot rasmiy darajada tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, u xalqaro siyosiy doiralarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.