Toshkent aeroportida Dubayga olib chiqilayotgan qariyb 2 kg oltin ushlandi

Toshkent aeroportida Dubayga olib chiqilayotgan qariyb 2 kg oltin ushlandi

Foto: xavfsizlik

Toshkent xalqaro aeroportida katta miqdordagi oltinni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqish holatiga chek qo‘yildi. DXX va \"Toshkent-Aero\" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, \"Toshkent – Dubay\" yo‘nalishida uchmoqchi bo‘lgan, 1980-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan fuqaroning yuklari tekshiruvdan o‘tkazilgan. U hozirda Toshkent shahrida istiqomat qilishi aytilmoqda.

Tekshiruv davomida uning chemodani ichki tayanch qismiga 1 kg 923 gramm oltin quymalar yashirilgani aniqlangan. Qimmatbaho metall ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, ushbu holatga 1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, avval sudlangan fuqaro ham aloqador bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.