Istanbulda Isroil konsulligiga hujum: otishmada yaralanganlar bor (video)

Istanbulda Isroil konsulligiga hujum: otishmada yaralanganlar bor (video)

Istanbul shahrida joylashgan Isroil konsulligi atrofida qurolli hujum sodir etildi. Hodisa natijasida bir nafar politsiya xodimi tan jarohati olgani ma’lum qilinmoqda.

Reuters agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, guvohlar konsullik yaqinida bir necha bor o‘q ovozlari eshitilganini bildirgan. Hodisa joyiga tezkor xizmatlar jalb qilinib, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Shu bilan birga, Habertürk telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, hujumda ishtirok etgan uch nafar shaxs maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilingan.

Ayni vaqtda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hodisaning sabablari va barcha tafsilotlarini aniqlashga kirishgan.

Mutaxassislar fikricha, ushbu hujum mintaqadagi xavfsizlik vaziyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.