Tramp: Germaniya Eron mojarosida o‘zini chetga olmoqda

Tramp: Germaniya Eron mojarosida o‘zini chetga olmoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp Germaniya bilan bog‘liq bayonoti orqali yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. U o‘z nutqlaridan birida AQSHning o‘tmishda Germaniyani tiklashda muhim rol o‘ynaganini eslatib, bugungi vaziyatda Berlinning pozitsiyasidan norozi ekanini bildirdi.

Trampning ta’kidlashicha, \"Biz Germaniyani qayta qurdik... va endi Germaniya bizga Eron bilan urush ularning urushi emasligini aytmoqda\". Uning fikricha, Germaniya bu masalada o‘zini chetga olayotgandek ko‘rinmoqda.

Prezident yana shuni qo‘shimcha qildiki, \"Germaniya oldindan ogohlantirmasdan urush boshlaganimdan norozi\". Tramp bu borada kinoya bilan fikr bildirib, \"Agar men ularga Eron bilan urushni boshlashim haqida aytganimda, ular buni matbuotga oshkor qilishgan bo‘lardi\", degan fikrni ilgari surdi.

Mazkur bayonot xalqaro siyosiy doiralarda turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim tahlilchilar buni AQSH va Germaniya o‘rtasidagi qarashlar tafovuti sifatida baholasa, boshqalar buni Trampning odatiy keskin ritorikasi deb hisoblamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.