Misrdagi halokatli to‘qnashuvdan keyin ikki poezd mashinisti hibsga olindi

Misrdagi halokatli to‘qnashuvdan keyin ikki poezd mashinisti hibsga olindi
Misr prokuraturasi Iskandariya shahri chekkasida to‘qnashib ketgan ikki poezd mashinistini hibsga olish haqida qaror chiqardi. Bu haqda «MENA agentligi»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Shuningdek mashinistlar organizmda narkotik modda bor yoki yo‘qligini aniqlovchi testdan o‘tishga mahkum.

Ta’kidlanishicha, ular prokuratura qaroriga muvofiq 15 kunga hibsga olingan.

11 avgust kuni kunduzi Iskandariya shahri chekkasida ikki poezd to‘qnashuvi qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida 49 kishi halok bo‘lgan, yana 123 nafari jarohat olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.