Gavayida qimmatbaho toshlar «yomg‘iri» kuzatilyapti

Gavayida qimmatbaho toshlar «yomg‘iri» kuzatilyapti
Gavayi Katta orolidagi Kilauea vulqoni otilishi oqibatida yashil rangdagi mineral toshlar - zumradga o‘xshash bo‘lgan olivin lava yordamida chiqarib tashlandi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Bunday kichik o‘lchamdagi toshlar vulqon jinslarida bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, aholi vulqon otilishidan so‘ng ko‘chalar va sohilbo‘ylarida paydo bo‘lgan toshlarni yig‘ib olmoqda hamda tegishli fotosuratlarni e’lon qilmoqda. Olivin turlaridan biri - peridot - qimmatbaho tosh sanaladi. Uning narxi bir qirot uchun 450 dollargacha chiqishi mumkin.
Gavayida qimmatbaho toshlar «yomg‘iri» kuzatilyapti
Foto: Twitter /Erin Jordan
Gavayida qimmatbaho toshlar «yomg‘iri» kuzatilyapti
Foto: Twitter /Erin Jordan
Nashrning qayd etishicha, vulqon 40 kundan beri otilmoqda. Buning oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q, biroq lava 600ga yaqin uyni yo‘q qilib tashladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.