Venesuela prezidenti AQSh Rossiyaga qarshi neft urushi olib borayotganiga ishonchi komilligini bildirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh Rossiya va Venesuelaga qarshi qaratilgan neft urushini olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Globovision\'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

“Rossiyani yo‘q qilishga qaratilgan global neft urushi olib borilmoqda. Bu urush orqali Venesuelani ham yo‘q qilishmoqchi”, – dedi Maduro.

Maduroning qo‘shimcha qilishicha, uning mamlakati ushbu mojaro ichida kurash olib borishga tayyor.

Avvalroq, Maduro inson huquqlarini buzishda aybdor deb topilgan venesuelalik amaldorlarga AQSh vizalarini berish taqiqlanganini ahmoqlik deb atagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.