Janubiy Koreyada 3 kishining o‘limiga olib kelgan yirik yong‘in yuz berdi

Janubiy Koreyada 3 kishining o‘limiga olib kelgan yirik yong‘in yuz berdi
Janubiy Koreyada 3 kishining o‘limiga olib kelgan yirik yong‘in yuz berdi

Janubiy Koreyaning Iyjonbu shahridagi aholi istiqomat qiladigan kvartallardan birida yirik yong‘in chiqdi hamda 3 kishini bu hayotdan olib ketib, 100ga yaqin kishining turli darajada kuyish jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilishiga olib keldi. Ayni paytda shifoxonada yotgan 97 nafar jabrlanuvchining 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Bu haqda “TASS”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, yonayotgan bino tomidan odamlar vertolyotlar vositasida qutqarib olingan.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari hali ma’lum emas. Yong‘in kuchayib, qo‘shni binolarga o‘tgani tufayli talofatlar ko‘p bo‘lgan.

Taxminlarga ko‘ra, bu yong‘in binoga yondosh bo‘lgan avtomobillar turargohidan chiqqan bo‘lishi mumkin. Hudud polisiyasi ayni paytda surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Foto: novaya-gazeta.ru / kun
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.