Antarktidada yuz yildan buyon saqlanib qolgan bir qop piyoz topildi (foto)

Antarktidada yuz yildan buyon saqlanib qolgan bir qop piyoz topildi (foto)
Antarktidadagi Xat-Poynt yarimorolidan ichida qizil piyozi bo‘lgan va taxminan yuz yildan ortiq vaqt davomida saqlanib kelayotgan qop topildi. Bu haqda Antarktika merosi fondi (Antarctic Heritage Trust) tashkiloti o‘z Facebook sahifasida xabar qildi.
Antarktidada yuz yildan buyon saqlanib qolgan bir qop piyoz topildi (foto)
Topilma 1902 yilda britaniyalik qutb tadqiqotchisi Robert Skott tomonidan qurilgan “Discovery” (Kashfiyot) kulbasidan topilgan.
Mutaxassislar mavsumiy monitoring dasturi doirasida ushbu piyozlarni o‘rganishdi. Ta’kidlanishicha, piyozlar eskirmagan va ulardan biron bir mog‘or izi topilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.