Marafonchi karavot atrofida 100 kmlik masofani yugurib o‘tdi (video)

Marafonchi karavot atrofida 100 kmlik masofani yugurib o‘tdi (video)
Foto: Videodan kadr
Rossiyalik sportchi karantin sharoitida karavoti atrofida 100 kmlik masofani yugurib o‘tdi.
Rossiyalik yuguruvchi Dmitriy Yakuxniy jismoniy holatini yo‘qotmaslik uchun karavoti atrofida 100 kmni yugurib o‘tdi. U antiqa mashg‘uloti videosini Instagram’da e’lon qilgan.

Marafonchining ta’kidlashicha, unga bunday masofani yugurib o‘tish uchun 10 soat 19 daqiqa talab etilgan.
Butun oilam mening tashabbusimni qo‘llab-quvvatladi, bolalar men bilan biroz yugurishdi. Rafiqam esa buning barchasini videoga olib turdi”, deb aytgan sportchi.

Uning ta’kidlashicha, u xonada o‘tkazgan ultramarafon vaqtida sur’atni pasaytirmaslik uchun yugurayotgan holda tanovul qilishiga to‘g‘ri kelgan. Unga uzoq masofani bosib o‘tishda musiqa yordam bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.