Qozog‘istonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi
Foto: «Google.com»
Qozog‘iston poytaxti va butun respublika bo‘ylab koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiya boshlandi. Bu haqda 1 fevral kuni Nur-Sulton jamoat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Timur Muratov markaziy aloqa xizmatida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

«Vaksinatsiya 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlarda amalga oshiriladi. Ular 735 mingga yaqin», — dedi Muratov. U vaksinatsiya ixtiyoriy ekanligini ta’kidladi. Qozog‘iston fuqarolariga vaksina bepul beriladi.

Sog‘liqni saqlash tizimi vakili emlanmoqchi bo‘lgan fuqarolarda koronavirusga qarshi antitanachalar bor-yo‘qligi tekshirilmasligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, mutaxassis «koronavirusning o‘tkir va alomatsiz shaklidan qiynalayotgan shaxslar» emlanmasligi kerakligini aytgan. Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i «koronavirusning har qanday shaklini boshidan o‘tkazganlar tuzalgach 6 oydan so‘ng hamda vaksinatsiyadan oldin ahvolni hisobga olgan holda emlanish tavsiya etilishi»ni ta’kidladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.