Yangiyo‘l tumani hududida yuz bergan YTH natijasida Nexia avtomobili yonib ketdi

Yangiyo‘l tumani hududida yuz bergan YTH natijasida Nexia avtomobili yonib ketdi
Yangiyo‘l tumani hududida yuz bergan YTH natijasida Nexia avtomobili yonib ketdi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi magistral yo‘lda halokatli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi \"Voditeli Tashkenta\" guruhida fotoxabar qoldirilgan, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Keltirilgan suratlarda yo‘l yoqasida ag‘darilib ketgan Nexia avtomobilining yonayotganini ko‘rish mumkin. Metan gazida harakatlangan bu avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashgani va portlash ro‘y bergani, avtomobillardagilarning barchasi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi talofatlari haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
Yangiyo‘l tumani hududida yuz bergan YTH natijasida Nexia avtomobili yonib ketdi

\"Voditeli Tashkenta\" guruhi a’zolari yo‘l-transport hodisasi avtomobilni katta tezlik bilan boshqarish oqibatida yuzaga kelganini taxmin qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.