Toshkent shahridagi 26-iyun kunidagi Xatmonalar

Toshkent shahridagi 26-iyun kunidagi Xatmonalar
Toshkent shahridagi 26-iyun kunidagi Xatmonalar

Bugun Muborak Ramazon oyining 21-kunidir. Ushbu munavvar kechada ham Toshkent shahri jome masjidlarda Qur’oni Karim xatmonasi ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi, deb yoziladi \"Vakillik.uz\" saytida.

26-iyun, Yakshanba kuni Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur’oni Karim xatmonasi yakuniga etadi:

1. “Minor” jome masjidi. (Manzil: Yunusobod tumani, Minor mahallasi Minor berk ko‘chasi 1-uy. ) Masjid imom-xatibi - Anvar qori Tursunov. Qorilar: Ne’matov Jahongir, Abdulmajidov Hasanxon, Qobulov Abdulbosit.

2. “Huvaydo” jome masjidi. (Manzil: Shayxontohur tumani, Xuvaydo 2-tor ko‘cha 49a-uy.) Masjid imom-xatibi - Jo‘raev Farhod. Qori: Muhibbullaev Said Muhammadxon Dovudxon o‘g‘li.

3. “Imomi A’zam” jome masjidi. (Manzil: Yashnobod tumani Visol ko‘chasi, 90A uy.) Masjid imom-xatibi - Abdusattorov Abdulaziz. Qorilar:Abdurahmonov Ma’mur, Xolmirzaev Ubaydulloh.

4.“Rahimjon hoji ota” masjidi. (Manzil: Yakkasaroy tumani, Akademik Sirojiddinov ko‘chasi, 48 uy.) Masjid imom-xatibi Maqsudov Bahrom. Qorilar: Maqsudov Bahrom, Lutfillaev Xamidillo, Kodirov Orifjon.

5. “Siroj solih” jome masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, «Umid» mahallasi, Yunusova ko‘chasi 21a-uy.) Masjid imom-xatibi Bolbekov Botir. Qori: Raximov Abdulboriy.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.