Buxoroda 437,3 gramm sof quyma oltin bo‘laklarini sotishga uringanlar ushlandi

Buxoroda 437,3 gramm sof quyma oltin bo‘laklarini sotishga uringanlar ushlandi
\"\"
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Buxoro viloyatida sof quyma oltin bo‘laklarini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda J.R., J.N. va F.O‘. ismli shaxslar Shofirkon tumani hududida jami 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini fuqarolar R.Sh., F.Sh.ga 7 ming dollar va 300 million so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.