Bo‘kada 244 mln. so‘mlik dori vositalari yo‘q qilindi

Bo‘kada 244 mln. so‘mlik dori vositalari yo‘q qilindi

Dori-darmonlar insonning salomatligini tiklash, dardiga davo bo‘lish uchun vosita hisoblanadi. Lekin ular sifatsiz va iste’molga yaroqsiz bo‘lib chiqsa, inson salomatligi va hayoti uchun xavfli zaharga aylanadi qoladi.

Mutaxassislar tomonidan yaroqsiz va sog‘lik uchun zarar deb xulosa qilingan dori vositalari zudlik bilan musodara qilinib, tegishli tartibda yo‘q qilinadi.

Bo‘kada 244 mln. so‘mlik dori vositalari yo‘q qilindi

Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasining ishchi guruhi va Byuroning Bo‘ka tumani bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga asosan, tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudining ijro varaqasiga asosan 244,7 mln. so‘mlik jami 734 dona dori vositalari tegishli komissiya a’zolari ishtirokida yo‘q qilindi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.