Milliy universitet rektori o‘zgardi

Milliy universitet rektori o‘zgardi
Milliy universitet rektori o‘zgardi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Avazjon Marahimov rektor etib tayinlandi.

Texnika fanlari doktori, professor Avazjon Marahimov tayinlovga qadar Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat ko‘rsatgan.

2010 yil martidan 2011 yil iyuniga qadar Xalq ta’limi vazirligini boshqargan, ungacha esa oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari edi.

Avazjon Marahimov may oyida mazkur lavozimga tayinlangan Abdurahim Abdushukurov o‘rnini egalladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.