Bektemir tumanida gaz quvuri shikastlandi

Bektemir tumanida gaz quvuri shikastlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida noxush holat yuz berdi. "Gulbog'" mahalla fuqarolar yig'ini hududidan o'tuvchi Turkiston ko'chasidagi o'rta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasi kelib urildi. Ushbu to'qnashuv oqibatida quvur jiddiy shikastlanib, hududdagi 250 ta xonadonda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatildi.

Ayni damda voqea joyida tuman gaz ta'minoti bo'limining maxsus avariya brigadasi ish olib bormoqda. Mutaxassislar shikastlangan qismni ta'mirlash va xavfsizlikni ta'minlash choralarini ko'rishmoqda. Ta'mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanishi ma'lum qilindi. Fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.