“Qamchiq” tog‘ yo‘lida yuk avtomashinasi ag‘darilib ketdi

“Qamchiq” tog‘ yo‘lida yuk avtomashinasi ag‘darilib ketdi

Kecha, taxminan soat 11:30 atrofida, Qamchiq tog‘ yo‘lida yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina yon tomonga ag‘darilib tushdi.

Hodisa natijasida ham haydovchi, ham yo‘lovchilar jarohatlanmadi, lekin avtomashina ortidagi barcha yuk yo‘lning harakat qismiga yoyilib ketgan.

Favqulodda vaziyatda qutqaruvchilar, xususan, FVVning “Qamchiq” maxsus guruhi darhol hodisa joyiga yetib borib, yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf qilishdi. Bir kun avval ham, shu hududda Spark rusumli mashina yo‘ldan chiqib, xandaq qismiga tushgan va shunda ham qutqaruvchilar yordam bergan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.