Kreditni to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Kreditni to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 21.12.2024 yildagi qarzdor fuqarodan “Kapitalbank”ning Toshkent shahar amaliyot boshqarmasi foydasiga 267,5 mln. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosining Shirin shahar bo‘limiga yuklatilgan.

Ijro hujjati talabini ihtiyoriy muddatda bajarish yuzasidan qarzdor rasman ogohlantirilib, bajarmaslik oqibatlari tushuntirilgan.

Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan va qarzdorga tegishli “Kaptiva” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur avtomashinani auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmokda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.