Chiqindi bilan bog‘liq minglab qoidabuzarliklar qayd etildi

Chiqindi bilan bog‘liq minglab qoidabuzarliklar qayd etildi

2026 yilning dastlabki uch oyida respublika bo‘yicha chiqindi bilan bog‘liq jami 2 107 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan holatlarning 322 tasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik qo‘llanilib, tegishli jarimalar undirilgan. Qolgan 1 785 ta qoidabuzarlik yuzasidan esa qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, respublika hududlari bo‘ylab qariyb 700 ta onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular chiqindi tashlash qoidalarini buzish holatlarini aniqlash bilan birga boshqa ekologik qoidabuzarliklarni ham qayd etish imkonini beradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.