"Gamlet" ni yod biladigan tilanchi bola

"Gamlet" ni yod biladigan tilanchi bola
Moskva polisiyachilari kuni kecha 9 yashar bolani qo‘lga olishdi. U avtobus, yengil avtomobillar, o‘tkinchilarga yaqin borib baland ovozda Shekspirning «Gamlet» asaridan parchalar o‘qirdi.

Surishtiruvlar shuni ko‘rsatdiki, bolaning otasi boshqa ayolga uylangan, o‘gay ona esa bir chetda turib bolakayni tilanchilik qilishga majburlarkan. Ota o‘gay onaga qarshi hech qanday chora ko‘ra olmaydi, so‘zini ikki qila olmaydi. Qolaversa, oilada deyarli hech kim ishlamaydi. Shuning uchun to‘qqiz yashar o‘g‘ilning xizmatidan foydalanishga majbur.

Polisiyachilar bolani bo‘limga olib ketishayotganda, o‘gay onasi ular bilan sal qursa mushtlashayozdi. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari tilanchilik qilishga majbur etilgan bolaning otasi va o‘gay onasiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish haqida bayonnoma tuzishdi.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.