Uy joy oldi-sotdisiga doir muhim qaror qabul qilindi

Uy joy oldi-sotdisiga doir muhim qaror qabul qilindi
Uy joy oldi-sotdisida qarz yo‘qligi haqida fuqarolarning ma’lumot olishi bosqichma-bosqich to‘xtatiladi

“Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida Hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga ko‘ra, ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda davlat notarial idorasi idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali:

2019 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) elektr va gaz ta’minoti;

2021 yil 1 yanvardan boshlab issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish bo‘yicha qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni mustaqil oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.