Toshkentda yana bir yoʻlovchi avtobusida yongʻin chiqdi

Toshkentda yana bir yoʻlovchi avtobusida yongʻin chiqdi
Kecha, 10 oktyabr kuni Toshkentning “Chinni bozori” - Qoraqamish 2/4 yoʻnalishi boʻylab harakatlanuvchi “Mercedes-Benz Low Floor” rusumli 87-avtobusda yongʻin chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Yongʻin soat 14:52da avtobus Uchtepa tumanidagi Koʻkcha Darvoza koʻchasidan oʻtayotganda sodir boʻlgan.
Toshkentda yana bir yoʻlovchi avtobusida yongʻin chiqdi
Tezkor harakatlar natijasida yongʻin 15:01da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida transport vositasining motor boʻlmasi yonib ketgan.

Haydovchi va yoʻlovchilarga zarar yetmagan. Yongʻinga avtobusning yoqilgʻi tizimidagi buzilish sabab boʻlgani taxmin qilinmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.