Qarshidagi «mashina bozori»da juda ko‘p miqdordagi talon-torojliklar aniqlandi

Qarshidagi «mashina bozori»da juda ko‘p miqdordagi talon-torojliklar aniqlandi
Qarshi shahridagi «Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bozori» MCHJning salkam to‘rt yillik faoliyati elakdan o‘tkazildi.

Natijadan «hayratga tushmay» iloj yo‘q: MCHJ mansabdorlari 2015-2018 yillar va 2019 yilning 10 oyi davomida bozorda faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan undirilgan 3,5 mlrd. so‘m ijara to‘lovlarining 1,3 mlrd. so‘mini «gumdon qilib» yuborishgan!

Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahkama huzuridagi departamentga tayanib xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakat olib borilmoqda. Tergov jarayonida asosiy e’tibor zararni qoplatishga qaratilishi turgan gap.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.