O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi
2020 yil 25 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 (+9) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari esa Toshkent shahrida aniqlanib, ularning 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib kasallikni yuqtirib olishgan. Qolgan 1 nafari esa Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 2607 (+42) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 569 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan davolash choralari ko‘rilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.