O‘zbekistonda bir kunda yana 381 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda bir kunda yana 381 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 7 may kuni yana 381 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 93 978 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining
  • 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 80 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 15 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 62 nafari Toshkent viloyatida,
  • 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Buxoroda 8 nafar,  Jizzaxda 7 nafar, Qashqadaryoda 7 nafar, Navoiyda 2 nafar, Namanganda 2 nafar, Samarqandda 70 nafar, Sirdaryoda 9 nafar, Surxondaryoda 11 nafar, Farg‘onada 9 nafar, Xorazmda 3 nafar, Toshkent viloyatida 56 nafar, Toshkent shahrida 181 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 89 703 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3613 nafar bemor davolanyapti.

Eslatib o‘tamiz, 6 may kuni O‘zbekistonda bir kunda 421 kishida koronavirus tasdiqlangan, qurbonlar soni esa uch nafarga ko‘paygan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.