Koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkablashgani qayd etildi

Koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkablashgani qayd etildi
2022 yil 8 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200 341 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma’lumot berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 14 tasi – Andijon viloyati, 7 tasi – Buxoro viloyati, 15 tasi – Jizzax viloyati, 4 tasi – Navoiy viloyati, 6 tasi – Namangan viloyati, 42 tasi – Samarqand viloyati, 6 tasi – Sirdaryo viloyati, 1 tasi –Surxondaryo viloyati, 7 tasi – Farg‘ona viloyati, 16 tasi – Xorazm viloyati, 56 tasi – Toshkent viloyati, 19tasi – Toshkent shahrida aniqlangan.

Kecha kun davomida 121 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197073 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.