Ozodbek Nazarbekov berolmayotgan mehri, hamkasblari bilan raqobatlasha olmasligi va izlayotgan echimi xususida

Ozodbek Nazarbekov berolmayotgan mehri, hamkasblari bilan raqobatlasha olmasligi va izlayotgan echimi xususida
Ozodbek Nazarbekov berolmayotgan mehri, hamkasblari bilan raqobatlasha olmasligi va izlayotgan echimi xususida

Bugun O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning san’atda ham, hayotda ham e’zozlaydigan, asrab-avaylaydigan insonlari ko‘p.

Biroq uning o‘zi kimlarga mehr bera olyapti-yu, aksincha bera olmayapti? Ushbu savol bilan san’atkorga “Bekajon” gazetasi muxbiri murojat qildi, deyiladi \"Darakchi\" nashri.

“Menga berilgan mehrni munosib qaytara olmayapman. Oilamga, farzandlarimga mehr berolmayotganim kundek ravshan. Oilaviy bir reja qilinadi-yu, mening vaqtim tig‘iz bo‘lib qoladi.”

Intervyuda xonanda hanuzgacha izlayotgan echimi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“O‘zbek musiqasining “pasporti”ni yaratish. Agar shu ishga hissam qo‘shilsa, faoliyatim, ijodimda, eng katta maqsadga etgan bo‘lardim.”

“Bekajon” jurnalisti xonanda qaysi hamkasbini o‘ziga raqib deb bilishi bilan ham qiziqib ko‘rdi:

“Raqobatlashish uchun ijod qilmayman. Aqlim, kuchim, iste’dodim etgunicha ijod qilaman. Oxirgi 2-3 yildagi albomlarimni boshqa xonandalarning albomlari bilan solishtirib ko‘rsangiz, meniki ular bilan raqobatlasha olmaydi. Aranjirovka va saundlar jihatidan ancha ortda. Agar raqobatlashish niyatim bo‘lganida, shu jihatlarga e’tibor berardim.”
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.