Yuk mashina ortida yaratilgan ko‘chma mini bog‘lar (fotojamlanma)

Yuk mashina ortida yaratilgan ko‘chma mini bog‘lar (fotojamlanma)

Aql bovar qilmas narsalarni yaponlar o‘ylab topishi odatga aylanib boryapti. Texnodunyoda oldinlab ketgan yaponlar tabiatni ham unutib qo‘ygani yo‘q. Jumladan, yaponlar kichik yuk mashinalar ortida o‘zgacha yashillikni yaratib - eng yaxshi kichik ko‘chma bog‘lar kimga tegishli ekanini aniqlash uchun tanlovda bellashishni ham boshlab yuborgan

Kei Truck yoki Kei Tora — ushbu kichik hajmli yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositasi Yaponiyada ishlab chiqariladi. Osiyoning ko‘plab davlatlarida ham keng tarqalgan. Odatda undan yuk tashishda foydalanishadi. Uning asosiy ustunligi — yengil hamda mobilligida. U tor ko‘chalarda ham bemalol manyovrlarni amalga oshira oladi. 

Yaponiya landshaft dizaynerlari federatsiyasi har yili tanlov o‘tkazadi. Unga ko‘ra, ishtirokchilar eng yaxshi ko‘chma bog‘larni yaratish borasida bellashadi. Hakamlar esa landshaftchi avtodizaynerlar tomonidan yaratilgan eng yaxshi mobil bog‘ni aniqlaydi.

Quyidagi suratlar orqali ko‘chma bog‘larning go‘zalligiga o‘zingiz baho berishingiz mumkin.

\"\"
Bonsai daraxti bilan bezatilgan an’anaviy yapon bog‘i.
Foto: BigPicture
\"\"
Odamni maftun qilib qo‘yadigan atirgul butalari.
Foto: BigPicture
\"\"
Yapon uslubiga xos mini bog‘.
Foto: BigPicture
\"\"
Yashillikka burkangan mini kafe.
Foto: BigPicture
\"\"
Ovloq yer.
Foto: BigPicture
\"\"
Ikkitasi birda: bog‘ va qahvaxona.
Foto: BigPicture
\"\"
Bambuk va kichik hovuz.
Foto: BigPicture
\"\"
Sharsharali mini bog‘.
Foto: BigPicture
\"\"
Klassik yapon bog‘i.
Foto: BigPicture
\"\"
Kuzgi sharshara.
Foto: BigPicture
\"\"
Choy ichsa bo‘ladigan o‘rindiqli ko‘chma bog‘.
Foto: BigPicture
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.