O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi

O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi
O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi

Malayziyada muvaffaqiyatli ravishda modellik karerasini olib borayotgan o‘zbekistonlik Daler Yusuf (Hamroqulov) HyppTv telekanalida «Lip-Lap qirolligi» serialida bosh rolni ijro etmoqda. Bu haqda My Day nashriga asoslanib, “Darakchi” nashri xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi

O‘tgan yili Dalerga Malayziya televideniesidagi sitkomda ishtirok etish taklif etildi, shundan so‘ng u mazkur serialga chaqirildi. Unda onasi vafotidan so‘ng oilasini axtarib O‘zbekistondan Malayziyaga yo‘l olgan Adam ismli yigit haqida hikoya qilinadi.
O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi

Daler O‘zbekiston, Singapur, Filippin, Indoneziya, Tailand, Malayziyada model biznesi bilan shug‘ullangan, BlackBerry, Burger King va Samsung kabi brendlar reklama kampaniyalarida qatnashgan. 19 yoshida O‘zbekistonni tark etgan Daler intervyularidan birida onasining urug‘-aymoqlari Malayziyadan ekanligini bildirgandi.

Daler malay tilini mustaqil o‘rgana boshlagan, 2015 yili esa Unisel universitetiga o‘qishga kirgan. U serialda suratga tushish ishlari yakunlangach Gresiya, Santorini va Buyuk Britaniyaga yangi loyihalarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketish niyatida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.