Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi
\"\"
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

“Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti sara to‘plamlariga mansub 18 ta noyob eksponat taqdim etildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qildi.

“Madaniy merosimizni dunyoning eng yirik muzeylaridan biri — bebaho tarixiy osori-atiqalar saqlanadigan Gugun muzeyida namoyish etish uchun imkoniyat yaratgan va bunda ishtirok etgan, o‘z hissasini qo‘shgan barcha-barchaga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — deb yozadi Mirziyoyeva.
\"\"
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva ana shunday imkoniyat va tashabbuslar tufayli O‘zbekiston o‘zining boy o‘tmishini dunyo jamoatchiligiga namoyon eta olganidan xursandligini bildirgan.

\"\"
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
\"\"
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Bundan oldin Saida Mirziyoyeva Xitoyda XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da ishtirok etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kuni kecha esa prezident yordamchisi Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.