Muxlis: “Er bermoq jon bermoq 2” omadli chiqmaydi

Muxlis: “Er bermoq jon bermoq 2” omadli chiqmaydi
Muxlis: “Er bermoq jon bermoq 2” omadli chiqmaydi

Rejissyor Rustam Sa’dievning folloveri tomonidan yozib qoldirilgan fikr aynan mana shunday bo‘ldi. Shu kunlarda Rustam Sa’diev “Er bermoq jon bermoq 2 ONLAYN” filmi ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur filmdagi bosh qahramon obrazini ilk filmdagi kabi aktyor Ulug‘bek Qodirov emas Adiz Rajabov ijro etadi.

Filmning suratga olish jarayonini fotolar orqali kuzatayotgan muxlislar bosh rolda Ulug‘bek Qodirov emasligiga norozilik bildirishmoqda. Ular ikkinchi filmda Ulug‘bek Qodirov rol ijro etmasa film muvaffaqiyatli chiqmasligini aytishmoqda. Tomoshabin ushbu rolni Ulug‘bekdan boshqa aktyor ijro eta olmaydi degan fikrda.
Muxlis: “Er bermoq jon bermoq 2” omadli chiqmaydi

Har nima bo‘lganda ham haqqoniy bahoni faqat film tayyor bo‘lgach uni tomosha qilgandan so‘ng berish mumkin. Ungacha esa kuzatamiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.