Mister Binning o‘g‘li harbiy akademiyaga o‘qishga kirdi

Mister Binning o‘g‘li harbiy akademiyaga o‘qishga kirdi
Mister Binning o‘g‘li harbiy akademiyaga o‘qishga kirdi

Mister Bin rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Rouen Atkinsonning o‘g‘li Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasiga o‘qishga kirdi, deb xabar bermoqda \"Kun\" nashri. 22 yoshli Ben Atkinsonning aytishicha, u o‘qishga qabul qilingani haqida maktub olgan.

Bu akademiyada shuningdek shahzodalar Uilyam va Garri, qo‘shiqchi Jeyms Blant va \"bondiana\" muallifi Yan Fleming ham tahsil olgan.

Rouen Atkinson \"Mister Bin\" komedik seriali bilan mashhurlik qozongan. Aktyorning o‘g‘li bundan avval Ekseter universitetida tahsil olgan. U harbiy akademiyada 2017 yildan boshlab ta’lim olishni boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.