Jeki Chan kinematografiyadagi buyuk xizmatlari uchun "Oskar" bilan taqdirlanadigan bo‘ldi


AQSh kinematografiya san’ati va fanlari akademiyasi kinematografiyadagi buyuk xizmatlari uchun \"Oskar\" mukofoti bilan taqdirlanadigan sovrindorlar nomini ma’lum qildi. Bu haqda \"Kun\" nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu nufuzli mukofotning sohibi mashhur aktyor Jeki Chan bo‘ladi. Chandan tashqari, kinorejissyor Frederik Uayzman, montajchi Enn Kouts va aktyorlarni tanlash bo‘yicha ryojisser Linn Stalmaster ham bu sovringa loyiq deb topildilar.
Sovrinlarni topshirish 8-marosimi Los-Anjelesda 12 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













