Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi

Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
18 aprel kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon farmoni bilan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun o‘zbekistonlik san’atkorlar taqdirlandi.

Jumladan, O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti «Maqom xonandaligi» kafedrasi professori Munojatxon Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Lazgi» ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va xonanda Yulduz Usmonovaga «Tojikiston xalq hofizi» faxriy unvoni berildi.
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
Shuningdek, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyevga «Tojikiston xalq artisti» faxriy unvoni topshirildi.
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
Dushanbe shahridagi Millat saroyida o‘zbekistonlik san’atkorlarga mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
O‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Tojikistonning madaniyat va san’at xodimlari ham taqdirlandi.
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
Jumladan, Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Do‘stizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dots.nti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining «Shoshmaqom» ansambli rahbari Furqat Saidzoda, Bobojon G‘afurov tumani shoshmaqom ansambli rahbari To‘lqin Tojiboyev, Tojikiston davlat filarmoniyasi «Falak» ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoshimov «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.