O‘zbekistonlik aktrisa KVN chempioni bo‘ldi


\"Osiyo MIX\" KVN-jamoasi Quvnoqlar va zukkolar klubi Oliy ligasining 2016 yilgi finalida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qildi.
\"Osiyo MIX\" g‘oliblik uchun Qozog‘istonning “Sparta” va Rossiyaning uch jamoasi bilan kurash olib bordi. Qirg‘iziston Respublikasi sharafini himoya qilgan jamoa tanlovning uch bosqichiga ko‘ra 10,9 ballni qo‘lga kiritgan.
\"Osiyo MIX\" – Qirg‘izistonning nafaqat finalga etib borgan, balki unda g‘olib chiqqan birinchi jamoasiga aylandi. U o‘tgan yilgi o‘yinlarda yarim finalga qadar etib borgandi.
Eslatib o‘tamiz, jamoa tarkibida o‘zbekistonlik aktrisa Setora Farmonova ham bor.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













