"O‘yinchoqlar tarixi 5" birinchi treyleri chiqdi (video)

Vudi, Bazz va butun to‘da yana birlashdi! Pixar \"O‘yinchoqlar tarixi\" nomli mashhur beshinchi filmning birinchi tizer-treylerini namoyish etdi. Film premerasi 2026 yil 19 iyunga mo‘ljallangan bo‘lib, rolikka ko‘ra, qahramonlarni yangi, kutilmagan tahdid kutib turibdi.
Syujetga ko‘ra, o‘yinchoqlar o‘z hayotlarini ancha murakkablashtiradigan qurbaqa shaklidagi aqlli planshet - Lilypad bilan to‘qnash kelishadi. \"Lilypad o‘yin vaqtini Vudi, Bazz, Jessi va boshqalar uchun haqiqiy sinovga aylantiradi,\" - deyiladi studiya press-relizida. Yangi qahramonning ovozi aktrisa Greta Li bo‘ladi.
Tom Xenks (Vudi) va Tim Allen (Bazz Layter) o‘zlarining afsonaviy rollariga qaytishadi. Aktyorlar tarkibiga Konan O‘Brayen qo‘shiladi, u yangi qahramon - \"Aqlli shimlar\"ga ovoz beradi. Filmga avvalroq \"Nemoni izlab\" va \"VALL-I\" filmlarini suratga olgan Endryu Stenton rejissorlik qiladi. U loyihaning yagona ssenariy muallifi ham bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi \"O‘yinchoqlar tarixi\" 1995 yilda chiqdi va animatsiya olamida inqilob bo‘ldi - bu birinchi to‘liq kompyuterli to‘liq metrajli multfilm edi. O‘shandan beri franshiza Pixar\'ning asosiy brendlaridan biriga aylandi: \"O‘yinchoqlar tarixi 3\" va \"O‘yinchoqlar tarixi 4\" filmlarining har biri milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi va eng yaxshi animatsion film uchun \"Oskar\"ni qo‘lga kiritdi.













