Frida Kaloning avtoportreti auksionda 54,7 mln dollarga sotildi

Frida Kaloning 1940 yildagi El sueño (La cama) (\"Tush (Karavot) \") avtoportreti Nyu-Yorkdagi Sotheby\'s kimoshdi savdosida 54,7 million dollarga sotildi va rassomning eng qimmat asariga aylandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Xususiy kolleksiyadan olingan El sueño (La cama) rasmida yog‘och karavotda uxlayotgan Kalo bulutlar, lianalar va barglar bilan o‘ralgan holda tasvirlangan. To‘shak ustida dinamit bilan o‘ralgan skelet shakli. Suratda 18 yoshida og‘ir avtohalokatga uchragan va uzoq yillar davomida to‘shakka mixlanib qolgan rassomning og‘rig‘i, o‘limi va shaxsiy hikoyasi aks ettirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













