Shahzoda Muhammedova BAAda o‘g‘lining 2 yoshini nishonladi (foto)

Shahzoda Muhammedova BAAda o‘g‘lining 2 yoshini nishonladi (foto)

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomning 2 yoshga to‘lgani munosabati bilan Instagram sahifasiga video post joyladi.

Shahzoda post ostida quyidagi samimiy so‘zlarni qoldirdi:

“Bugun mening sheyx o‘g‘lim Dinislom 2 yoshga to‘ldi. Tavallud ayyomi arafasida tug‘ilgan kunini BAAda nishonladik. Ilohim, o‘g‘lim o‘z ismiga munosib ravishda Islom diniga mustahkam, iymoni baland, ota-onasiga mehribon, otasi kabi saxiy boy insonlardan bo‘lsin!

Duo qiling, ilohim o‘g‘lim sog‘-salomat, ilmi baland, ziyoli farzand bo‘lib ulg‘aysin, umr yo‘li uzun bo‘lsin. Yomon ko‘zlardan Allohning o‘zi asrasin.”

Shahzoda Muhammedova BAAda o‘g‘lining 2 yoshini nishonladi (foto)

Aktrisa o‘g‘liga bo‘lgan mehrini, tilak va duolarini samimiy tarzda izhor etib, muxlislaridan ham duo so‘ragan.

Uning bu video posti qisqa vaqt ichida minglab layk va izohlarni yig‘di. Muxlislar ham Dinislomni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga chiroyli va shirin tilaklarini izhor etishdi.

Shahzoda Muhammedova BAAda o‘g‘lining 2 yoshini nishonladi (foto)

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.