Afruza o‘zining TOP 3 hit qo‘shiqlarini e’lon qildi

Xonanda Afruza jurnalist bilan bo‘lgan suhbatida muxlislarni qiziqtirgan savollardan biriga — o‘z ijodidagi eng sevimli qo‘shiqlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi. U intervyu davomida shaxsiy “TOP 3” ro‘yxatini taqdim etdi.
Afruzaning so‘zlariga ko‘ra, 3-o‘rinni “Vot takaya”, o‘zining quvnoq uslubi va esda qolarli ohangi bilan ajralib turadigan tarona egallagan.
2-o‘rin esa ko‘plab tinglovchilarning qalbini zabt etgan, romantik kayfiyatdagi “Uchrashaylik jonim” qo‘shig‘iga nasib etdi.
Va nihoyat, Afruzaning shaxsiy reytingida 1-o‘rinni “Baxtlimisan” qo‘shig‘i egalladi. Xonanda bu taronani o‘ziga eng yaqin, eng ko‘p his uyg‘otadigan ijod namunasidan biri ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













